Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev hukumat rahbari Askar Mamin bilan uchrashdi, dab xabar qildi “Sputnik” Qozogʻiston.

Foto: Google

Matbuot kotibi Aydos Ukibay uchrashuv videosini Twitter’ga joylashtirdi.

Uchrashuvda koronavirus epidemiyasiga qarshi chora-tadbirlar muhokama qilindi.

“Ish qanday olib borilayotganini koʻrmoqdaman. Prezident bilan birgalikda muammolarni hal qilmoqdamiz. Koʻrilgan choralar epidemiya tarqalish surʼatlari pasayishiga yordam berdi, tibbiyot xodimlari juda yaxshi ishlashdi”, dedi Nazarboyev.

Nazarboyev ertaga Qozogʻiston xalqiga murojaatnoma tayyorlanishini maʼlum qildi.

“Hozir butun dunyoga qiyin. Epidemiya choʻqqisidan hali oʻtilmadi. Shunday ekan, bir-birimizga hurmatni saqlagan holda, sabr-toqatni namoyon etishimiz kerak”, dedi Elboshi.

Nazarboyevning sogʻligʻi haqida mish-mishlar

Oʻtgan haftada Aydos Ukiboy qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev betob emas, degan bayonot bilan chiqqandi.

“Biz hech qachon mish-mishlarga izoh bermaganmiz. Ammo oxirgi vaqtlarda ayrim shaxslar mamlakatdagi vaziyatni izdan chiqarish uchun faol harakatlarni boshlab yubordi, xususan, ular Yelbasi sogʻligʻi haqida haqiqatga mutlaqo zid boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmoqdalar. Bularning barchasi – fitna va yolgʻon. Ishontirib aytamanki, Nursulton Nazarboyev butkul sogʻlom va hatto karantin sharoitida ham vatan ravnaqi uchun mehnat qilishda davom etmoqda”, degan Ukiboy.

Nazarboyevning matbuot-kotibi, barcha cheklovlar olib tashlangach, ishchi uchrashuv yoki birinchi prezident ishtirokidagi ilk majlisdan videoyozuv tayyorlab, boʻlishishga vaʼda bergan.

Maʼlum boʻlishicha, qatʼiy karantin sharoitida Elboshining ishchi kabinetiga kirish cheklangan.