Foto: Fc-barca.ru

“Barselona” ushbu ro’yxatda 1-o’rinni egalladi. Kataloniyaliklar 1 yilda o’z ishchilariga 656,43 mln evro maosh to’laydi. Ikkinchi o’rinda esa “Real”. “Qirollik klubi” Kataloniya klubidan 15 mln evro kamroq natija qayd etdi – 641,05 mln evro.

Uchinchi o’rinda esa “Atletiko” (348,5 mln evro) etirof etilgan. Kuchli beshlikka “Sevilya” (185,16 mln) va “Valensiya” (177,11 mln) kabi klublar ham kirgan.

Ro’yxatdagi eng past natija “Malorka”ga tegishli – 33,53 mln evro.

Ushbu ro’yxatda klublarning foydalari nisbatiga beriladigan maoshi ham ko’rsatilgan. SHuningdek, klublarning ayollar, futzal, basketbol hamda boshqa ligalarida o’ynaydigan futbolchilari ham reytingga tasirini o’tkazgan.

“Barselona”ning natijasi o’tgan yilning sentyabriga ko’ra solishtirilganida 671,42 mlndan 656,43 mlngacha tushgan.