Foto: Azernews.az

Diyarbakir tumanida himmatli sirli shaxs tumanning barcha aholisining mahalliy oziq-ovqat doʻkonidagi qarzlarini toʻlagan.

Xabar qilinishicha, nomaʼlum shaxs doʻkonga kelib, sotuvchiga barcha mahalliy aholining  qarz daftarchasiga yozilgan  qarzlarini toʻlamoqchi ekanini aytadi.

U 12,5 ming turk lirasini (2 ming dollardan ziyod) toʻlagan. Soʻngra qarzlar yozilgan sahifasi yirtib olib, yoqib yuborgan.

Sotuvchining soʻzlariga koʻra, koʻpchilik ular endi qarzdor emasliklariga darhol ishonishmagan.