Foto: Sputnik

Ikki yil davomida Rossiya respublikaga umumiy hisobda 12 dona Mi-35M transport-jangovar vertolyotlarini yetkazib beradi.

Foto: Sputnik

Kelishuvlarga koʻra, ikki yil davomida Rossiya respublikaga umumiy hisobda 12 dona Mi-35M transport-jangovar vertolyotlarini yetkazib beradi.

Foto: Sputnik

Birinchi toʻtta vertolyot 2019 yil toʻrtinchi chorakda yetkazib berilgandi. Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati maʼlumotlariga koʻra, Mi-35M vertolyotlarini yetkazib berish 2017 yilda Oʻzbekiston hukumatiga berilgan davlat eksport krediti asosida amalga oshirilmoqda.

Mi-35M transport va jangovar vertolyoti zirhli texnikalarni yoʻq qilish va quruqlikdagi kuchlar boʻlinmalarini zarba berish tomondan qoʻllab-quvvatlash uchun moʻljallangan. Zamonaviy yuqori aniqlikdagi qurol-aslahalar bilan jihozlangan va turli ob-havo sharoitida jangovar vazifalarni bajarishga qodir. Mi-35M vertolyotlarida harbiy xizmatchilar va texnikani tashish mumkin, deyiladi xabarda.