Foto: Sputnik

Oʻtkazish punktlari odatdagi jadvalga binoan ishlamoqda. Biroq mamlakatga kirayotgan fuqarolarning ahvolini tekshirish uchun choralar qabul qilingan.

Taʼkidlanishicha, Turkmaniston bilan chegaradagi “Temir-baba” postida ham nazorat kuchaytirilgan.

Postlar statsionar va koʻchma teplovizorlar bilan jihozlangan. Kerakli vositalar keltirilgan. Tibbiyot xonasi, tibbiy niqoblar, maxsus tibbiy liboslar mavjud. Birinchi navbatda, teplovoz yordamida inson tanasi harorati oʻlchanadi. Agar u yuqori boʻlsa, xodimlar yoʻriqnomaga binoan ish tutishadi.

“Temir-baba” bojxona posti rahbari Yersayin Alimbayevning soʻzlariga koʻra, oʻtkazish punktlari odatdagi jadvalga binoan ishlamoqda.

Ushbu chora-tadbirlar chegaradan oʻtayotgan fuqarolar va bojxonachilarning oʻzini koronavirus bilan kasallanish holatlarining oldini olishga yordam berishi hamda nazorat punktlarining bir maromda ishlashini taʼminlashi lozimligi aytilgan.