Foto: O’zA

Professorning dasturi 30 soatlik maʼruza v 30 amaliy mashgʻulotdan iborat. Yan Chemberlen Chejou, shuningdek, magistrant va doktorantlar bilan birgalikda ilmiy ish olib boradi, yuqori impakt-omillarga ega ilmiy jurnallarga maqolalar tayyorlashda ishtirok etadi, tadqiqotchilar dissertatsiyalariga rahbarlik qiladi. Chejou mamlakatimizda 23-fevralgacha boʻladi.

Taʼkidlash joiz, xorijlik mutaxassislarning yurtimizda boʻlishi va faoliyat yuritishi bilan bogʻliq barcha sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, TATU huzurida taʼsis etilgan ilmiy-innovatsion rivojlanish jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi.