Foto: Sof.uz

10 fevral kuni Botyan 103 yoshga kirgan edi.

Aleksey Botyan 1917 yilda hozirgi Belarusning Vilna guberniyasida tug‘ilgan. Ikkinchi jahon urushi boshlanishida u Polsha armiyasi tarkibida ishtirok etgan.

1941 yilda SSSR fuqaroligini olgan va razvedka faoliyati bilan shug‘ullangan.

1945 yilning yanvarida Dunay daryosiga qurilgan to‘g‘onni vayron qilishga mo‘ljallangan Yagellon qasridagi nemislarning o‘q-dori omborini yo‘q qilgan va bu orqali Krakov (Polsha) shahrini suv bosishidan saqlab qolgan.

Botyan taniqli yozuvchi Yulian Semyonovning “Mayor Vixr” romani hamda roman asosida suratga olingan film qahramonining hayotdagi prototipidir.

2007 yilning may oyida Rossiya Federatsiyasi prezidenti buyrug‘i bilan “Krakovni saqlab qolganligi uchun” Rossiya Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.