Foto: Xabar.uz

«Kamida 31 kishi shifoxonaga yotqizildi. 13 kishi halok bo‘ldi», — deydi «Saifai Mini PGI» shoshilinch yordam ko‘rsatish bo‘limi xodimi, doktor Vishva Dipak.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, avtohalokat chorshanba kuni kechasi taxminan soat 10 larda sodir bo‘lgan.

«Chorshanba kuni kechasi taxminan soat 10 larda Agra-Lakxnau tezyurar avtomagistralida ikki qavatli xususiy avtobus yo‘lda turgan yuk mashinasiga borib urilgan. Avtobus haydovchisi yuk mashinasini ko‘rmay qolgan va orqasidan borib urilgan. Avtobusda 40 — 45 nafar yo‘lovchi bo‘lgan», — deydi politsiya superintendanti Sachindra Patel.