Ryazan viloyatida bir noma’lum shaxs besh kishini o’qotar qurol bilan otib o’ldirdi. Mamlakat Ichki ishlar vazirligining viloyat boshqarmasi matbuot xizmati “TASS”ga ma’lum qilishicha, gumonlanuvchi jinoyat sodir bo’lgan uyning yonida ushlangan.

Foto: TASS

“Besh kishining o’ldirilishida gumonlanuvchining shaxsi aniqlandi. Qotillik 4 aprel kuni sodir bo’lgan. Qotillik sodir bo’lgan uyning yonida bir kishi qo’lga olingan va qurol ham topilgan. Taxminlarga ko’ra, ular o’rtasida ziddiyat bo’lgan”, dedi manbaa. Uning so’zlariga ko’ra, hozirgi 1988 yilda tug’ilgan gumondor viloyat SK tergovchilariga so’roq qilish uchun olib ketilgan.

Avvalroq, nashrning huquq-tartibot idoralaridagi manbaasi voqea Kasimov tumani Elatma qishlog’ida sodir bo’lganini aytdi, gumonlanuvchi uch qavatli binoda qo’shnilariga qarata o’t ochgan, deyiladi xabarda.

Kasimov tumani Yagona dispetcherlik xizmati (EDDS) xabariga ko’ra, halok bo’lganlarning barchasi yoshlardir, ularning orasida yosh bolalar yo’q. Qurbonlar haqida boshqa ma’lumot ochiqlanmagan.