Foto: O’zA

Festivalda xorijiy davlatlarning Hindistondagi elchixonalari va konsullik vakillari ishtirok etdi.

O‘zbek milliy taomlari va Buxorolik san’atkorlar tomonidan tashkil etilgan konsert dasturi Hindistonning yetakchi turistik kompaniya, mehmonxona va restoranlari vakillari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Ishtirokchilar o‘zbek milliy taomlariga yuqori baho berib, Hindistonda O‘zbek oshxonalarini ko‘paytirish hamda restoranlar menyusiga milliy taomlarimizni qo‘shishga oid takliflar berdi. Ta’kidlash lozimki, so‘nggi yillarda xorijiy restoranlar tomonidan O‘zbek oshxonasiga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda, xorijiy mamlakatlarda O‘zbek taomlari tobora ommalashib bormoqda.

“Uzbek Food Festival” O‘zbek milliy taomlari festivali Hindistondagi “The Societe” restoranida bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu restoran direktori Praven Nayyar o‘zbek taomlarini albatta o‘z menyusiga kiritishini ma’lum qildi.