Foto: Mintrans.uz

O‘zbekiston transport vazirligi 25 fevraldan boshlab «Samarqand — Toshkent — Sankt-Peterburg» yo‘nalishida muntazam avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.

Qatnovlar Uzautotrans Service tomonidan Yutong avtobuslarida Rossiyaning «Globus» kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshiriladi.

Birinchi reys 25 fevral kuni Samarqand avtovokzalidan 9:00 da, Toshkent vokzalidan esa 15:00 da jo‘naydi. Sankt-Peterburgda yo‘lovchilar Markaziy Avtovokzalga yetkaziladi.

Chipta narxi Samarqanddan — 840 ming so‘m, Toshkentdan — 800 ming so‘m. Reyslar har kuni amalga oshiriladi.