Foto: Sportmail.ru

“Braga” hujumchisi Fransishku Trinkan Portugaliya chempionatining yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

1-iyulda “Barselona” tarkibiga kelib qo‘shilishi rejalashtirilgan Trinkan chempionat rasmiy sahifasi so‘rovnomada 13 foizdan ko‘proq ovoz to‘pladi.

O‘tgan oy davomida forvard “Baraga” libosida Premer liga doirasida to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol kiritishni uddaladi.