Foto: Pravda-tv.ru

Kasallanganlar soni bir kun ichida 14840 nafarga ko‘paygan.

Virus o‘chog‘i hisoblangan Uxanda virusdan 216 kishi vafot etgan. 

Oxirgi ma’lumotlar bir kun avvalgidan keskin farq qilmoqda. 11 fevralda Xubeyda virusdan 94 kishi vafot etgani ma’lum qilingandi.  

Provinsiyaning sog‘liqni saqlash qo‘mitasi bunday farqni tashxis qo‘yishning yangi usuli qo‘llanayotgani bilan tushuntirgan. Jumladan, kasallanish holatlarining diagnostik tasniflanishiga “klinik tashxis” qo‘shilgan. Xitoylik mutaxassislarning fikricha, bu bemorlarga “kasallikning erta davridayoq davo olish imkonini beradi” va shu sababli ko‘rilayotgan choralar samaradorligini oshiradi.

Kecha, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti rahbari Xitoyda koronavirus holatlari barqarorlashib borayotganini aytgan edi.