Foto: Football24.ru

“Siz mendan “Barselona” bilan shartnomasi bor va top darajadagi futbolchi hisoblangan Messi to‘g‘risida so‘rayapsiz. Nima desam ham javobim noto‘g‘ri bo‘ladi. Agar men “Barselona” rahbarlaridan biri bo‘lganimda Sarrini do‘zaxni xohlab qoldimi degan bo‘lardim. Shuning uchun men jim bo‘lganim ma’qul”, – deydi italiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 32 yoshli Messi “Barselona” rahbariyati bilan kelisha olmay qolgani va shu bois jamoadan ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga “Yuventus”dan tashqari “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Inter” va PSJ klublari ham xaridor.