Foto: 24smi.org

Misr Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi G‘arib Shavqi tarkibga “Liverpul” forvardi Muhammad Salohni ham jalb etishni rejalashtirayotganini aytib o‘tdi.

“Biz milliy terma jamoadan 3 ta futbolchi chaqirmoqchimiz. Hozircha faqatgina Saloh nomzodi tasdiqlangan. U dunyoning eng zo‘r futbolchilaridan biri hisoblanadi. Hozircha men ushbu masala yuzasidan Saloh bilan gaplashmadim. Ammo, umid qilamanki u terma jamoaga butun e’tiborini qaratadi”, – deydi Shavqi.

Ma’lumot uchun, Olimpiada o‘yinlari joriy yilning 22 iyulidan 8 avgustiga qadar Tokioda bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchi terma jamoalar tarkibga 23 yoshdan katta bo‘lgan faqatgina 3 nafar futbolchi jalb etish huquqiga ega.

Saloh bu mavsum “Liverpul” safida 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va 19 ta gol hamda 9 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.