Tojikistondagi Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) vakili Galina Perfilyeva mamlakatda koronavirus yoʻqligini rasmiy ravishda maʼlum qildi. Bu haqida “Sputnik Tojikiston” xabar qildi.  

tojikiston
Foto: Xabar

Perfilyeva gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilish zarurligini taʼkidlab, aholi gavjum joylarga bormaslikni soʻradi.

“Bugungi kungacha, rasmiy statistik maʼlumotlarga koʻra, PTSR-test oʻtkazadigan laboratoriya bilan yaqindan hamkorlikda ishlayotganimiz sababli, Tojikistonda COVID-19 (koronavirus) bilan kasallanishning bironta “ijobiy” holati qayd etilmagan”, dedi Perfilyeva.

U ayni vaqtda butun dunyo koronavirus bilan keskin kurash olib borayotgani, virus qayd etilmagan mamlakat deyarli qolmaganini alohida taʼkidladi.

JSST vakilining soʻzlariga koʻra, hozircha Tojikiston va Turkmaniston virus hujum qila olmagan ikkita davlatdir. Tojikistonda 700 tadan ortiq test oʻtkazilib, kasallik qayd etilmadi. Mamlakatda test-tizimlarning yetarli miqdorda zaxirasi borligi, kasallik alomatlari boʻlgan kishilar faqat testdan oʻtkazilmoqda.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 800 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 38 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.