Koronavirus butun dunyoga Xitoyning Uxan shahridan tarqalgan edi. Endi esa bu shahar xavfli kasallikni yengish timsoli bo‘lib qoldi.

Foto: Google

9 million aholiga ega shahar 2 oy ichida koronavirusni butunlay yengdi. Xubeyda ikki oylik tanaffusdan so‘ng aviaqatnov ham tiklandi. Chiptalar sotuvi 28 mart kunidan boshlandi. 25 ta aviakompaniya 100 dan ortiq yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni amalga oshirmoqda.

Xitoydagi koronavirus infeksiyasi o‘chog‘i bo‘lgan Xubey viloyatida ham ikki oy davom etgan karantin bekor qilindi. Uning markazi Uxan shahrida metro ish boshladi.

Mazkur film uxanliklar koronavirusni qanday yengani haqida.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 800 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 38 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.