Foto: Pele

Sobiq Braziliya milliy terma jamoasi futbolchisi “futbol qiroli” Pele sog’lig’idagi o’zgarishlar sabab o’zini yomon his qilyapdi. Bu haqida uning o’g’li Eginho 11 noyabr kuni mahalliy OAVga habar berdi.

Pele o’tkazgan yomon operatsiyasi va reabilitatsiya sabab o’zi mustaqil tarzda yurolmay qolayotganligi haqida aytdi. Uning o’g’li Eginhoning aytishicha u o’zi mustaqil yura olmayotgan va bundan juda uyalmoqda.

Pele 2014 yilda buyrak toshlari va siydik yo’llari infektsiyalarini davolash uchun kasalxonaga yotqizilgan. 2015 yilda u orqa miya nervlariga yukni kamaytirish uchun prostata jarrohlik amaliyotini o’tkazdi. 2018 yilda u charchoq tufayli kasalxonaga yotqizilgan va 2019 yil aprel oyida u Frantsiyaga tashrifida Parij shahrida isitma bilan kasalxonaga yotqizilgan. So’nggi yillarda uning sog’lig’i yomonlashdi, hususan Yaponiyadan qaytganidan keyin buyrak toshlarini olib tashlash operatsiyasidan so’ng.