“O‘zbekneftgaz” AJ Gazli neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Mirkomilquduq” gazkondensat konidagi 15-sonli quduqda burg‘ulash ishlari tugatildi. Bu haqida “O‘zbekneftgaz” axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Sputnik

Quduqning 2137-2134m intervallar oralig‘ida perforatsiya qilindi.

Natijada quduqdan kunlik 120 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz qazib chiqarilishiga erishildi.

Ma’lumot uchun: “Mirkomilquduq” gazkondensat koni Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida joylashgan bo‘lib, 2018 yilning dekabr oyida ishga tushirilgan.