Foto: Prezident matbuot xizmati

Suhbatda davlat rahbarlari koʻp qirrali Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligi jadal rivojlanib borayotgani hamda strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil mustahkamlanayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Muloqot chogʻida oliy darajadagi tadbirlar rejasi muhokama qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi kun tartibini tayyorlash, jumladan, tashrif doirasida navbatdagi hududlar va rektororlar anjumanlarini, media-forum va boshqa tadbirlarni oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratildi.

Mamlakatimizning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raisligi yilida O‘zbekiston va Rossiya hamkorligining istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.