Bugungi kunda “Sho‘rtan” konida quvurlarda tabiiy gaz oqimi siqilib qolishini oldini olish maqsadida belgilangan chora-tadbirlarga asosan, “Eriell” kompaniyasi bilan xamkorlikda qo‘shimcha quvurlarni montaj qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

gaz quduq uzbekneft
Foto: Google

“Sho‘rtan” koni 1980 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, quvurlardagi tabiiy gaz bosimini kamayib borishi natijasida quvurlarda tabiiy gaz o‘tkazuvchanlik samaradorligi kamayib borgan.

Mutaxassislar tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida, quvurlarni gidravlik hisob-kitob ishlari amalga oshirildi va “Sho‘rtan” konidagi yig‘uv joylaridan gazni dastlabki tayyorlash qurilmalarigacha bo‘lgan oraliqda qo‘shimcha 9, 262 metr quvurlar montaj qilinishi belgilab olindi.

Hozirda, 6, 770 metr quvurlar ish maydoniga olib chiqildi va 4, 900 metr quvurlarda montaj ishlari amalga oshirildi. Quvurlarni montaj qilish uchun 10 dan ortiq maxsus texnikalar va maxsus montaj qilish brigadalari ajratilgan bo‘lib, montaj ishlari davom ettirilmoqda.

Ushbu quvurlarni ishga tushirilishi natijasida kunlik 200 ming kub metr tabiiy gaz va 10 tonna gaz kondensatini qo‘shimcha qazib olish imkoni bo‘ladi.

Shuningdek, konlardan qazib olinayotgan tabiiy gazni barqaror yetkazib berilishi ham ta’minlanadi, deyiladi “O‘zbekneftgaz” xabarida.