Xitoy Sog’liqni saqlash davlat qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra, koronavirus bilan og’rigan bemorlarning soni kundan kunga kamaymoqda, hozirgi vaqtda 2, 396 kishi kasalxonalarda qolmoqda, kasallikni yuqtirib olganlarning 93 foizi sog’aydi.

Foto: RIA novosti

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, Xitoyning materik hududida koronavirus infeksiyasining tasdiqlangan holatlari soni 81 ming 470 taga yetdi, shundan 75 ming 770 kishi davolandi va kasalxonadan chiqarildi, bu umumiy holatlarning 93 foizini tashkil qilmoqda.

Epidemiya boshlanganidan beri Xubay provinsiyasidan tashqari butun Xitoy bo’ylab 13, 669 ta yuqumli kasallik qayd etilgan, ulardan 118 tasi vafot etgan (o’lim ko’rsatgichi 0,86%). Epidemiyaning markazi Xubey provinsiyasida 67, 801 ta infeksiya holati aniqlangan, 3, 186 kishi vafot etgan (o’lim ko’rsatgichi 4,69%).

Shu bilan birga, Xubey viloyati, Uxan shahrida o’lim darajasi 5,09% ni tashkil etdi. Umumiy olganda, epidemiya 3, 304 kishining hayotiga zomin bo’ldi, mamlakatda o’rtacha o’lim darajasi 4,05% tashkil etdi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 700 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 33 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.