Dunyoda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish soni 700 ming kishidan oshdi, shu bilan birga 148 mingdan oshiq odam davolandi, ushbu ma’lumot Jon Xopkins Amerika universiteti ma’lumotlariga asoslanib tayyorlandi.

Foto: RTVi

Universitet ma’lumotlariga ko’ra, hozirda 704, 095  kishi COVID-19 bilan kasallangan, 33, 509 kishi vafot etgan. Dunyoda ushbu infeksiyadan sog’ayganlar soni esa jami 148, 824 kishini tashkil etgan.

Infeksiyaning eng ko’p holatlari AQShda qayd etilgan – 125, 313, Italiya – 92, 472, Xitoy – 82, 122, Ispaniya – 78, 797 .

Ularning ortidan Germaniya – 58, 247 ta, Eron – 38, 309 ta hamda Fransiya – 38, 105 ta.

O’limning eng ko’p soni Italiyada – 10, 779, Ispaniyada – 6, 606, Xitoy – 3, 304 ta.

Eslatib o’tamiz, ikki kun avval ushbu ko’rsatgich 600 mingdan oshiqni tashkil etayotgan edi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi.