Qozog’istonda ro’yxatga olingan koronavirus infeksiyasi soni 283 taga yetdi va shu bilan birga 20 nafar sog’ayganlar ham bor. Bu haqida “Coronavirus2020.kz” portali xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Mahalliy vaqt bilan soat 23:30 (Toshkent vaqti bilan 22:30) da koronavirus infeksiyasining yana yangi holati qayd etilgan.

Xabar qilingan 283 holatlar quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Nur-Sulton – 167 ta;
  • Olmaota shahri – 70 ta;
  • Chimkent – 2 ta;
  • Akmola viloyati – 6 ta;
  • Aqto’be viloyati – 1 ta;
  • Olmaota viloyati – 6 ta;
  • Atirau viloyati – 12 ta;
  • Sharqiy Qozog’iston viloyati – 2 ta;
  • Jambil viloyati – 3 ta;
  • G’arbiy Qozog’iston viloyati – 2 ta;
  • Qarag’anda viloyati – 7 ta;
  • Qizilo’rda viloyati – 2 ta;
  • Mangistau viloyati – 1 ta;
  • Pavlodar viloyati – 1 ta;
  • Shimoliy Qozog’iston viloyati – 1 ta;

Koronavirus infeksiyasidan sog’ayib ketganlar soni 20 nafarni tashkil etmoqda:

  • Nur-Sulton – 13 ta;
  • Olmaota shahri – 7 ta;

Hozirga kelib ushbu mamlakatdan vafot etganlar soni 1 nafar.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 664 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 30 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.