Uyda o’zini o’zi izolyatsiya qilish rejimi 30 martdan boshlab yoshidan qat’iy nazar, Moskvaning barcha aholisi uchun joriy etildi, deya xabar beradi poytaxt meri Sergey Sobyanin.

Foto: TASS

“Ertadan boshlab, uyda o’zini o’zi izolyatsiya qilish rejimi barcha Moskva aholisi uchun, yoshidan qat’iy nazar joriy etiladi”, deyiladi xabarda.

Yashash xonadonidan chiqib ketishga faqat (shoshilinch) tibbiy yordam uchun murojaat qilgan va hayoti, sog’lig’iga bevosita tahdid bo’lgan taqdirdagina yo’l qo’yilishi belgilangandi. Shuningdek, yashash joyidan uzoq bo’lmagan, 100 metrdan oshmaydigan masofalar uchun, uy axlatini olib chiqish, v.k. zarurati bo’lsa bundan mustasno, deyiladi xabarda.

Hozirgi vaqtda Rossiya hududida koronavirusdan kasallanganlar soni 1,5 mingdan oshdi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 664 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 30 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.