Nyu-York shtatida koronavirus qurbonlari soni 728 tadan 965 tagacha ko’tarildi, dedi shtat gubernatori Endryu Kuomo matbuot anjumanida.

Foto: RIA novosti

Hozirda Nyu-York shtati AQSh epidemiyasining markazidir.

U shuningdek, “Qurbonlar soni 728 tadan 965 gacha ko’paydi”, dedi Kuomo.

Xabarga ko’ra, shtatda jami 59, 513 ta holat aniqlangan. Gubernator qurbonlar soni o’sishda davom etayotganini ta’kidladi.

Hozirgi vaqtga kelib AQShda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 125 mingdan oshdi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 664 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 30 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.