Turkiyada aniqlangan koronaviruslar soni kuniga 1,8 mingdan oshib, 9, 217 taga yetdi, vafot etganlar soni 131 taga yetdi, deya xabar beradi mamlakat Sog’liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja.

Foto: AP Photo / Huseyin Avci

“Bugungi kunda 9, 982 ta test o’tkazildi, shulardan 1, 815 tasi ijobiy, bizda 9, 217 kasallangan bemorlar aniqlandi. Bugun biz 23 bemorni yo’qotdik, jami vafot etganlar soni – 131 ta. Faqat 105 bemor sogaydi, 568 nafari reanimatsiyada qolmoqda”, deb yozadi Koja Twitter’da.

Eslatib o’tamiz, kuni kecha Turkiya barcha aviaqatnovlarini to’xtatganligi haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 664 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 30 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.