Foto: Interfax

Italiyada oxirgi kun ichida 756 kishi koronavirusning yangi turi COVID-19 sabab bo’lgan kasallikdan vafot etdi. Yangi ma’lumotlar yakshanba kuni Fuqaro muhofazasi boshqarmasi boshlig’i Anjelo Borrelli tomonidan e’lon qilindi.

Mamlakatda vafot etganlarning umumiy soni 10, 799 kishini tashkil qildi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 664 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 30 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.