Karantinga oid choralar amal qilish davrida xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga o‘tkazishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqida Mehnat vazirligi ma’lumot taqdim etdi.

Foto: Darakchi

Xodimni masofaviy ish usuliga o‘tkazish tartibi qanday?

Masofadan ish – xodimning mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan mehnat majburiyatlarini ish beruvchining joylashgan hududidan tashqarida, bevosita yoki bilvosita nazoratida bo‘lgan doimiy ish joyi, hudud yoki obyektdan tashqarida bajariladigan ish.

Vaqtinchalik ishga o‘tkazish muddati ko‘rsatilgan buyruq asosan amalga oshiriladi.

Bunda Mehnat kodeksining 73-moddasida nazarda tutilgan shartlar hamda quyidagilarni kiritish tavsiya etiladi:

  • ish beruvchi va xodim o‘rtasida elektron hujjat almashinuvi bo‘yicha o‘zaro aloqalari tartibi;
  • xodimning mehnat majburiyatlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan jihozlar va/yoki texnika vositalaridan foydalanish tartibi, agar tomonlar tarafidan xodimga tegishli jihozlar va/yoki texnika vositalaridan foydalanish to‘g‘risidagi kelishuv mavjud bo‘lmasa;
    ish beruvchi bilan doimiy aloqalarini ta’minlash maqsadida xodimni aloqa vositalari bilan ta’minlash, shu jumladan, Internetga kirish;
  • ish beruvchi tomonidan xodimga berilgan jihozlar va texnikalarning xodimning aybi bilan buzilganda, yetkazilgan zararni xodim tomonidan ish beruvchiga qoplab berish bilan bog‘liq shartlar;
  • xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarish uchun shaxsiy jihozlar va yoki texnika vositalariga, shuningdek, aloqa vositalari, shu jumladan internetdan foydalangan taqdirda xarajatlarni qoplash tartibi va shartlari;
  • xodim va ish beruvchining zaruriy mehnat muhofazasi va sharoitlariga amal qilish bo‘yicha majburiyatlari;
  • xodimni ishlab chiqarish zaruriyati tug‘ilganda doimiy ish joyiga qaytarish shartlari.

Xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi elektron hujjat almashish yo‘li orqali aloqalar qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.

Xodim ish vaqtining davomiyligi va tartibini ishlab chiqarish topshirig‘ining hajmi va mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan boshqa shartlardan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda belgilaydi. Ish jadvali taraflar kelishuviga binoan belgilanadi.

Masofaviy ishda ishlovchi xodim ish vaqtini o‘z xohishiga ko‘ra taqsimlanishini hisobga olgan holda, u tomonidan bajarilgan ishlar uchun bir hissa miqdorda mehnat haqi to‘lanadi. Unga nisbatan ish vaqtidan tashqari ish, dam olish va bayram kunlaridagi ish, shuningdek, tungi vaqtdagi ish uchun mehnatga haq to‘lash shartlari qo‘llanilmaydi.

Mehnatga haq to‘lash tartibi va miqdori o‘zgarmaydi. Shuningdek, mehnat ta’tili hamda qonunchilikda va jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquqlar saqlanib qolinadi.