Buxoro davlat universitetining bir guruh ko‘ngilli talabalari ustozlari boshchiligida boshqa OTMlardagi tengdoshlari safiga qo‘shilib, xayrli ishga qo‘l urdilar, deya xabar bermoqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati

Respublikamizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida karantin joriy qilinishi va shaxsiy gigiyena vositasi bo‘lgan niqoblarga ehtiyoj ortishi sababli talaba-yoshlar universitet TTJda beshta muhim tashabbus ijrosi doirasida tashkil etilgan o‘quv ustaxonasida 1000 dona niqob tikib, bepul tarqatdilar.

Niqoblar universitet talabalar turar joyidagi xorijlik talabalar, Buxoro shahridagi 32 – sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, Buxoro shaharidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar yotoqxonasidagi aholi vakillariga bepul tarqatildi.

Shuningdek, talabalar shaharning “Zarmanoq” postida faoliyat olib borayotgan IIB xodimlari, harbiylar va haydovchilarga ham o‘zlari tayyorlagan niqoblarni berdilar, deyiladi xabarda.