Koronavirus pandemiyasi paytida avtotransport soxasida faqat yuk tashuvlarini amalga oshirishga ruxsat etilgan.

Foto: Transport vazirligi

2020 yil 30 martdan respublika hududida barcha avtoqatnovlar to‘xtatilishi munosabati bilan, xalqaro yuk tashuvlarga ruxsat beruvchi xorijiy ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni (dozvol) milliy tashuvchilarga ruxsat beruvchi xujjatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan tarqatish imkoniyati bo’lmaydi.

Yuqoridagi xolatdan kelib chiqib xorijiy ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni chop etish va tarqatish masofaviy ishlash rejimida tashkil etiladi. Bu haqida Transport vazirligi xabar bermoqda.

Ruxsatnomalarni milliy tashuvchilarga yetkazib berish “O‘zbekiston pochtasi” AJning tezkor pochta xizmati orqali amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Shuni inobatga olgan holda xalqaro yuk tashuvlarga ruxsat beruvchi xorijiy ko‘p tomonlama ruxsatnomalar uchun ariza berilganda qabul qilib oluvchining manzili aniq ko‘rsatilishini so‘rab qolamiz, deyiladi xabarda.