Dunyoning eng yaxshi 100 ta universiteti qatoriga kiradigan Niderlandiyaning Erasmus Rotterdam universiteti talabalarga turli ta’lim yo‘nalishlarida bakalavr va magistratura dasturlariga stipendiyalar taklif etdi. Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

OTM talaba dtm universitet
Foto: Darakchi

Nomzodlardan a’lo darajada akademik ko‘rsatkichlar va ingliz tilini yuqori darajada bilish talab etiladi.

Onlayn ariza qabul qilishning oxirgi muddati: 2020 yil 1 may

Batafsil O‘zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi elchixonasi Telegram kanalida – “@uzbbenelux”.

Avvalroq “YUNESKO” ham talabalar uchun stipendiya dasturini eʼlon qilgani haqida xabar berilgan edi.