“SANA” xabariga ko’ra, shifoxonalardan biriga yetkazilgan ayol vafot etgan.

Foto: O’zA

Suriya Sog’liqni saqlash vazirligi mamlakatda birinchi marotaba koronavirus tufayli o’lim holati qayd etilganligi haqida xabar berdi.

Uning so’zlariga ko’ra, shifoxonalardan biriga yetkazilgan ayol vafot etgan.

Hozircha boshqaa ma’lumotlar ochiqlanmagan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 664 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 30 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.