“O‘zbekneftgaz” AJning Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Sharqiy Berdaq” koni bir qancha quduqlarda kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

gaz quduq uzbekneft
Foto: Google

Jumladan, 46-sonli quduqda ham kapital ta’mirlash ishlari olib borildi. “O‘zneftgazquduqta’mirlash” AJ mutaxassislari tomonidan olib borilgan kapital ta’mirlashdan so‘ng, quduq ishga tushirildi, deya xabar bermoqda “O‘zbekneftgaz” axborot xizmati.

Qatlam suvlari yo‘li sement ko‘prigi bilan to‘silib, 1955-1959m, 1982-1986m, 2004-2006m, 2009-2012m intervallar oralig‘ida perforatsiya ishlari qilindi. Natijada esa, quduqdan sanoat miqyosida tabiiy gaz oqimi avvalgiga nisbatan oshdi. Hozirda, quduqdan kunlik 100 ming kub metrgacha bo‘lgan tabiiy gaz va 6 tonna gaz kondensati qazib olina boshlandi.

Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan kapital ta’mir tashqari burg‘ilash ishlariga ham katta e’tibor berilmoqda.

Boshqarmaga qarashli “Arslon” konidagi 23-sonli quduqdan olib borilgan burg‘ilash ishlari o‘z samarasini bera boshladi. Ushbu quduqning 2210-2220m, 2229-2234m, 2259-2263m, 2274-2277m, 2355-2358m, 2498-2501m intervallar oralig‘ida perforatsiya ishlari bajarildi.

Hozirda bu quduqdan sanoat miqyosida kunlik 150-200 ming kub metr tabiiy gaz oqimi va 1 tonna gaz kondensati olina boshlandi.