Xitoyda yangi turdagi koronavirusning tarqalishi to’xtadi, yuqtirilgan kasalliklarning ko’pi import qilinmoqda. “Sinxua” axborot agentligi xabariga ko’ra, bu haqida yakshanba kuni o’tkazilgan brifingda, XXR Davlat Sog’liqni saqlash qo’mitasining rasmiy vakili Mi Feng ma’lum qilgan.

Foto: Google

Uning ta’kidlashicha, mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni kamaygan va hozirgi kunda 3 mingdan pastlamoqda. Ularning 693 nafari chet eldan kelgan bemorlardir. Shu bilan birga, Mi Feng ta’kidlashicha, XXR ichida virusning faol tarqalishi hamda tiklanish ehtimoli nisbatan yuqori bo’lib qolmoqda, deya qo’shimcha qilgan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 664 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 30 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.