Eron koronavirus tufayli 100 mingga yaqin mahbusni vaqtincha qamoqlardan ozod qildi.

koronavirus eron
Foto: RIA novosti

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy 24 mart kuni qamoqlardan ozod qilish muddatini 20 aprelgacha uzaytirish to’g’risida qaror qabul qildi, ammo o’sha paytda 85 mingga yaqin mahbus vaqtincha ozod qilinganligi ma’lum bo’ldi.

“Bugungi kunga kelib, 100 mingga yaqin mahbus ozod qilindi”, dedi Eron telekanaliga Esmailiy.

Rasmiylarning Eronda koronavirus tarqalishining “ikkinchi to’lqini” haqidagi bayonotlari fonida sud tizimi vakili “ozod qilishning ikkinchi to’lqini” boshlanganini e’lon qildi.

Hozirgi vaqtga kelib Eronda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 38 mingdan oshdi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 664 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 30 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.