O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu infeksiyadan himoyalanish bo‘yicha ko‘plab tavsiyalar berdi. Tavsiyalar qatorida qog‘oz shaklidagi hujjatlardan ham infeksiya yuqishi mumkinligi aytilgan.

uzbek neft gaz
Foto: “O‘zbekneftgaz” AJ matbuoat xizmati

Vazirlar Mahkamasining qarori ijrosi yuzasidan “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Boshqaruvning 120-sonli buyrug‘iga asosan, fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarini qabul qilish onlayn rejimga o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuoat xizmati.

Koronavirus infeksiyasining qog‘oz shaklidagi hujjatlar almashinuvi orqali tarqalishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, qog‘oz shaklidagi barcha hujjatlarni qabul qilish vaqtincha to‘xtatildi.

Hujjatlar esa elektron shaklda (PDF formatda) Aksiyadorlik jamiyatining ung@exat.uz yagona himoyalangan pochtasi yoki kans@ung.uz rasmiy elektron pochtasi orqali qabul qilinishi belgilandi.

Shuningdek, zarur hollarda tashrif buyuruvchi shaxslarni faqat tibbiy niqob va tibbiy vositalarni qo‘llagan holda binoga kiritish tartibi joriy etildi.