avto mashina kira obhavo bahor toshkent
Foto: Sputnik

Ko‘pchilik so‘rayotgan savol: ertadan boshlanadigan avtotransport cheklovlari faqat viloyat markazlari uchunmi yoki butun O‘zbekiston hududi uchun?

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanalida orqali bu haqida javob berdi: mazkur cheklovlar faqat bir viloyatdan ikkinchi viloyatga o‘tishda, shuningdek Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlariga taalluqli. Boshqa shahar va tumanlarda avtotransport haydashda bunday cheklovlar o‘rnatilmaydi. Stiker olish ham shart bo‘lmaydi, deyiladi xabarda.