30 martdan boshlab Qozog’istonning Qarag’anda viloyati besh shahri koronavirus tufayli karantin qilinadi, deya xabar beradi viloyat matbuot xizmati yakshanba kuni.

Google

Qozog’istonda 251 ta koronavirus holati tasdiqlandi, ulardan bittasi vafot etgan. 16 martdan beri mamlakatda favqulodda holat joriy qilindi. 19 mart kuni Nur-Sulton va Olmaotada karantin joriy etildi.

“30 martdan boshlab Qarag’anda, Temirtau, Saran, Shaxtinsk va Abay shaharlari karantinga qo’yildi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Ayni vaqtda Qozog‘istonda koronavirusdan sog‘ayib ketganlar soni 18 nafarni tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 664 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 30 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.