YUNESKO 2020 yil 5-30 oktabr kunlari Xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun stipendiya dasturini eʼlon qildi. Konferensiyada YUNESKOga aʼzo davlatlar va rivojlanayotgan davlatlar talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Foto: Google

Tadbir tili: ingliz tili.

Gʻoliblarga 450 AQSH dollari miqdorida stipendiya toʻlanadi, YUNESKO tomonidan yoʻl xarajatlari, tibbiy sugʻurta qoplanadi va boshqa imtiyozlar beriladi.

Konferensiyada ishtirok etish uchun kamida bakalavr darajasiga ega boʻlgan, ingliz tilini biladigan va 35 yoshdan katta boʻlmagan nomzodlar ariza topshirishlari mumkin.

Onlayn ariza topshirishning soʻnggi muddati – 2020 yil 3 aprel

Batafsil Oʻzbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi elchixonasi Telegram kanalida – @uzbbenelux