Ispaniya mamlakatida infeksiya tarqalgandan beri kamida 78, 797 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etilgan. Bu haqida yakshanba kuni qirollik Sog’liqni saqlash vazirligida ma’lum qilindi.

Foto: France 24

Agentlik ma’lumotlariga ko’ra, 6, 528 kishi vafot etgan, 14, 709 bemor davolangan. Ko’pgina holatlar Madridda (22, 677) aniqlandi. Shunday qilib, mamlakatda o’lim va infeksiyalar soni tez o’sishda davom etmoqda., deyiladi xabarda.

Shanba kuni tushdan keyin agentlik 72, 248 holat va epidemiya qurbonlari soni 5,690 bo’lganligini xabar qildi. Ispaniyada koronavirus tufayli hayotdan ko’z yumganlar Xitoydagi qurbonlar sonidan oshib ketdi.

Ispaniyada koronavirus infeksiyasining birinchi holati 31 yanvar kuni qayd etilgan, Italiyada ushbu virus aniqlangandan so’ng, yuqtirganlar soni keskin ko’paya boshladi va Ispaniya yuqori ogohlantirishni joriy etdi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 664 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 30 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.