Moskvada koronavirus bilan kasallanganlar soni 1014 kishiga yetdi. Bu haqda “RIA novosti” xabar bermoqda.

Foto: Google

Maʼlum qilinishicha, soʻnggi bir sutkada Rossiya poytaxtida koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq 197 ta yangi holat tasdiqlangan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Rossiya boʻylab koronavirus aniqlanganlar soni 1534 kishini tashkil qilmoqda. 64 nafar bemor tuzalib ketgan. 8 kishi ushbu kasallikdan vafot etgan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 664 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 30 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.