Taniqli xitoylik milliarder, “Alibaba Group” asoschisi Jek Ma va uning xayriya fondi O‘zbekistonga gumanitar yordam yubormoqda. Bu haqida “Reuters” ma’lum qildi.

Foto: Google

Jek Ma fondi O‘zbekistondan tashqari Osiyodagi yana 6 ta davlat: Butan, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Vetnamga ham yordam yuboradi.

“Alibaba Group” tomonidan ushbu 7 ta davlatga jami 1,7 mln dona niqob, 165 ming dona test hamda himoya kiyimlari yuborilishi ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 664 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 30 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.