Qirg‘izistonda yana 26 ta COVID-19 kasalligi qayd etildi, deb xabar beradi mamlakatning Koronavirusga qarshi kurashish respublika bosh boshqarmasi.

Foto: Sputnik

Ular bugun, 29 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 (Toshkent vaqti bilan 11:00) da ro’yxatdan o’tkazildi.

“Shunday qilib, respublikada koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar soni 58 tadan 84 tagacha oshdi”, deyiladi bosh shtab xabarida.

26 ta holat quyida hududlarda qayd etilgan:

  • Chuyda – 2 kishi;
  • Bishkek – 4;
  • Norin – 1;
  • O’sh – 6;
  • Jalolobod viloyati – 13.

Koronavirusning dastlabki uchta holati 18 mart kuni Suzoq tumanida qayd etilgan, shundan so’ng darhol favqulodda holat rejimi joriy qilingan edi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 664 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 30 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.