Foto: Ichki ishlar vazirligi

Sirdaryo viloyati IIB YHXB tomonidan 2018-2019 yillarda Sirdaryo viloyati xududida sodir etilgan yo’l transport xodisalari taxlil etilganda Xalqaro va davlat ahamiyatiga ega bir qator yo’llarning piyodalar o’tish joylari va qayrilib olish joylarida 2 va 3 tadan yo’l transport xodisalari sodir etilganligi aniqlandi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Sirdaryo viloyati IIB YHXB ning tashabbusi bilan yo’l transport hodisalari sodir etilgan hududlar o’rganib chiqilib, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan og’ir oqibatli yo’l transport hodisalarining oldini olish maqsadida yangi turdagi “Avariya o’chog’i” ogohlantiruvchi yo’l belgisi ishlab chiqilib, o’rnatildi.

Haydovchilardan yo’llarda transport vositasida harakatlangan vaqtda “Yo’l harakati qoidalari” qat’iy amal qilishlarini, “Avariya o’chog’i” yo’l belgisi oldidan o’tgan vaqtda tezlikni imkon qadar kamaytirish va ehtiyot choralarini ko’rishlarini so’rab qolamiz, deyiladi xabarda.