Bugun, 29 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan 7 nafar bemor to‘liq tuzaldi. Ular endilikda vaqtincha saqlash uchun reabilitatsiya markaziga ko‘chirilishi haqida xabar berilgan edi.

Foto: SSV axborot xizmati

Kasallikdan forig‘ bo‘lganlarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov reabilitatsiya markaziga kuzatdi.

COVID-19 koronavirusidan shifo topganlarni shifokorlar ham katta quvonch bilan kuzatib qo‘ydi. Quyida virusdan forg‘ bo‘lganlarning kuzatish jarayonida olingan suratni e’tiboringizga havola etamiz.

Foto: SSV axborot xizmati


Foto: SSV axborot xizmati
Foto: SSV axborot xizmati
Foto: SSV axborot xizmati
Foto: SSV axborot xizmati
Foto: SSV axborot xizmati
Foto: SSV axborot xizmati

Ayni vaqtga kelib mamlakatimizda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 133 nafarga yetib, kasallikdan sog’ayib ketganlar soni esa 7 tani tashkil etmoqda.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so’raymiz.