Karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq 29 mart holatiga ko’ra, jami – 10, 350 ta holat aniqlangan, deb xabar bermoqda IIV.

Foto: Gazeta

Ular:

  • Toshkent shahrida – 1 731 ta holat;
  • Toshkent viloyatida – 867 ta holat;
  • Jizzax viloyatida – 975 ta holat;
  • Buxoro viloyatida – 543 ta holat;
  • Samarqand viloyatida – 1 179 ta holat;
  • Qashqadaryo viloyatida – 546 ta holat;
  • Surxondaryo viloyatida – 678 ta holat;
  • Xorazm viloyatida – 167 ta holat;
  • Sirdaryo viloyatida – 326 ta holat;
  • Farg‘ona viloyatida – 1 386 ta holat;
  • Navoiy viloyatida – 206 ta holat;
  • Namangan viloyatida – 830 ta holat;
  • Andijon viloyatida – 576 ta holat;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 340 ta holatni tashkil etmoqda.

Karantin qoidalari va saniyatariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda, deyiladi xabarda.

Ayni vaqtga kelib mamlakatimizda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 133 nafarga yetib, kasallikdan sog’ayib ketganlar soni esa 7 tani tashkil etmoqda.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so’raymiz.