Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 251 taga yetdi, deb xabar beradi “Tengrinews” muxbiri.

Foto: Evrensel

“29 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 11.35 (Toshkent vaqti bilan 10:35) da yana 22 ta koronavirus infeksiyasi, Nur-Sultonda 16 ta, Olmaotada 4 ta, Atirau viloyatida 1 ta va Qizilo’rda viloyatida 1 ta holat qayd etilgan, deyiladi xabarda.

Bugungi kunga qadar mamlakatda 251 ta koronavirus ro’yxatga olinganligi tasdiqlandi, ulardan:

  • Nur-Sultonda – 151 ta,
  • Olmaotada – 64 ta,
  • Qarag’anda viloyatida – 7 ta,
  • Akmola viloyatida – 6 ta, 
  • Atirau viloyatida – 6 ta,
  • Olmaota viloyatida – 4 ta holat,
  • Jambil viloyatida – 3 ta,
  • Chimkentda – 2 ta,
  • Sharqiy Qozog’iston viloyatida – 2 ta,
  • Aqto’be viloyatida – 1 ta,
  • Shimoliy Qozog’iston viloyatida – 1 ta,
  • Pavlodar viloyatida – 1 ta,
  • Mang’estau viloyatida – 1 ta,
  • Qizilo’rda viloyatida – 2 ta holat.

Ayni vaqtda Qozog‘istonda koronavirusdan sog‘ayib ketganlar soni 18 nafarni tashkil etmoqda shuningdek, bir ayol kasallik tufayli vafot etdi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 664 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 30 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.