AQShda koronavirus bilan kasallangan birinchi go’dak vafot etdi, deb xabar berdi Illinoys Sog’liqni saqlash boshqarmasi veb-saytida.

Foto: RBC

Xabar qilinishicha, gap Chikago shahridan hali bir yoshga to’lmagan bola haqida ketmoqda.

“COVID-19 bilan bog‘liq o‘lim holatlari hali chaqaloqlarda kuzatilmagan edi. O‘lim sabablarini aniqlashtirish ishlari davom etmoqda”, dedi departament boshlig‘i Ngozi Ezike.

Ta’kidlanishicha, hozirgi paytda katta avlod koronavirus bilan bog’liq eng katta xavf ostida. Rasmiylarga ko’ra, o’limning 85 foizi 60 yoshdan oshgan odamlar orasida qayd etilgan.

Hozirgi vaqtga kelib AQShda koronavirusni yuqtirib olganlar soni 124 mingdan oshmoqda.

Avvalroq Xitoyda ham koronavirus bilan og’rigan bola vafot etgani haqida aytishgan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 664 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 30 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.