Koronavirus sabab bo’lgan kasallikdan birinchi o’lim Yangi Zelandiyada qayd etildi. Bu haqida yakshanba kuni mamlakatning bosh sanitar xodimi Eshli Bloomfild Vellingtonda bo’lib o’tgan brifing paytida ma’lum qildi.

Foto: Interfax

Bloomfildning so’zlariga ko’ra, yakshanba kuni ertalab koronavirus infeksiyasi tufayli yuzaga kelgan asoratlardan vafot etgan ayol 70 yoshdan oshgan va dastlab unga gripp tashxisi qo’yilgan. “Ushbu ayanchli yangilik mamlakatning xavfsizligi va sog’lig’iga tahdidning to’rtinchi darajasiga o’tish zarurligini yana bir bor tasdiqlaydi”, dedi bosh sanitariya shifokori.

Shuningdek, marhum bemor gripp bilan davolangan shifoxonaning 20 dan ortiq xodimi izolyatsiyaga yuborilgani va milliy sog’liqni saqlash vazirligi mutaxassislari kasalxonaga yotqizilishidan oldin ayol bilan aloqada bo’lganlarning barchasini tekshirmoqda.

Umumiy olganda, Yangi Zelandiyada 514 yangi koronavirus bilan kasallanish holatlari aniqlandi, ularning 63 nafari oxirgi kuni aniqlanganlardir. Rasmiylar 28 fevral kuni birinchi infeksiya haqida xabar berishdi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 664 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 30 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.